09:34 / 02.09.2020
2 105

Olimlar koronavirusning kattalar va bolalar orasida tarqalish sur’atini o‘zaro taqqosladi

Olimlar koronavirusning kattalar va bolalar orasida tarqalish sur’atini o‘zaro taqqosladi
Barselonadagi San-Xuan-de-Deu shifoxonasining virusologlari koronavirusning bolalar orasida tarqalishi qanday tezlikda kechishi mumkinligi ustida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot besh hafta mobaynida 22 ta bolalar oromgohida o‘tkazildi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.

Tadqiqotlarda 1905 nafar bola ishtirok etgan, ular har hafta PZR-test topshirishgan va bu orqali bolalar orasida virusning tarqalish jarayoni qanday kechishi tadqiq qilingan. Eksperiment boshlanguniga qadar ilmiy birlashma bolalar organizmida koronavirus o‘zini ancha ehtiyotkor tutishi, bolalar infeksiyaning tarqalishida eng ko‘p ishtirok etuvchi bo‘lishi mumkinligi, kasallik ular organizmlarida alomatsiz kechishi borasida xulosa berishga shoshilmagan.

Tadqiqotlar davomida Ispaniyada 30 nafar infeksiya yuqtirib olgan bola 12 kishiga kasallik yuqtirgani, qolgan 250 nafar tengdoshi esa infeksiyaga chalinmagani ma’lum bo‘lgan. Tadqiqot mualliflari bunda kasallanish darajasi 4,7 foiz ekanini qayd etgan. Shu tariqa bolalarning koronavirusni tarqatishdagi R xavfi darajasi o‘rtacha 0,3 deb baholangan va bu oromgohlar joylashgan hududlar aholisida kattalarda kuzatilgan natijalardan olti baravar past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bu koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 100 nafar bola ko‘pi bilan 30 nafargacha tengdoshiga kasallikni yuqtirishi mumkinligini anglatadi. 100 nafar koronavirusga chalingan kattalar infeksiyani 170-200 nafar odamga yuqtirishi mumkin.

Shuningdek, tahlillarga ko‘ra 12 yoshdan kichik bolalar COVID-19’ni 13-17 yoshdagi aka-opalari bilan bir xil tezlikda boshqa tengqurlariga yuqtiradi.

Olimlarning qayd etishicha ularning tadqiqotida o‘ziga xos bir jihat mavjud, ya’ni oromgohlardagi bolalar ko‘pincha ochiq havoda o‘zaro muloqot qilgan va bu infeksiyaning tezda tarqalishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi ham mumkin. Yopiq inshootlarda koronavirusning tarqalishi nisbatan tez sur’atda kechadi.

Shunga qaramay, mazkur tadqiqotlarning natijasi turli mamlakatlarda karantin tartibi yumshatilganidan keyin maktablarning ochilishiga ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda.

O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili 14 sentabrdan boshlanadi, o‘quvchilar maktabga borishi yoki onlayn o‘qishi mumkin, darslar davomiyligi o‘zgarishsiz qoladi, pandemiya davrida maktablar faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlangan.

Shuningdek, O‘zbekistonda maktablarga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi safarbar qilingan. Ular maktablarda filtrlarni tashkillashtirishda ishtirok etadi, ushbu jarayonda tana harorati ko‘tarilgan va bemor deb topilgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotni hududdagi tegishli muassasa rahbarlariga yetkazadi.

Karantinga olingan xonadon egalariga bemor yoki ular bilan muloqotda bo‘lgan bolalarni faqat oila shifokorining ruxsati bilan maktabga yuborish kerakligini tushuntiradi, bemor aniqlangan xonadonda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibini nazorat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusning kattalar va bolalar orasida tarqalish sur’atini o‘zaro taqqosladi