Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov kirish imtihonlarida abituriyentlarning telefondan foydalangani haqida internetda tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
«Hozir ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning qo‘lida telefon bilan o‘tirgani yoki yana birining telefon orqali gaplashgani aks etgan video va suratlar tarqalmoqda.
Bu rasmlardan birining olingan vaqtiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u 14:19da olingan. Telefon yoki soat kameraning soati noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, deb o‘ylash mumkin bo‘lsa ham, boshqa aniqlashtiruvchi jihatlar bor. Masalan, stadionning poli ko‘k rangda. Bunday stadion Andijonda bor, lekin uning poli hozirgi holatda oq va ko‘k rang aralash qilib bo‘yalgan. Avvalroq viloyatda kirish imtihonlari repetitsiya qilinganda stadion ko‘k rangda bo‘lgan», – dedi Sardor Rajabov 2 sentabr kungi brifingda.
Uning aytishicha, test kitobchalarining surati tarqalgan holatlar ham tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda. Agar abituriyent imtihonga taqiqlangan vositalar olib kirgani aniqlansa, u imtihondan chetlashtiriladi. Agar nazoratchilar sustkashlik qilgan bo‘lsa, ularga nisbatan chora ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi