08:30 / 03.09.2020
2 163

Andijonda o‘g‘irlangan Nexia abgor ahvolda topildi (foto)

Andijonda o‘g‘irlangan Nexia abgor ahvolda topildi (foto)
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida 2020 yilning 1 sentabr kuni tungi soat 01:00 da noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan Nexia avtomobili katta ariq ichidan topildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bo‘ston tumani «Guzar» MFY Alisher Navoiy ko‘chasida yashovchi 46 yoshli D.X.ga tegishli Nexia uning yashash xonadoni darvozasi yonida turganida noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

1 sentabrda soat 10:00 da olib qochilgan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda Bo‘ston tumani «Navro‘z» MFY Nurafshon ko‘chasi o‘ramidan oqib o‘tgan Navro‘z arig‘idan topilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni 24 yoshli O.X. sodir etgani aniqlangan. U jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda o‘g‘irlangan Nexia abgor ahvolda topildi (foto)