12:25 / 03.09.2020
2 407

Uzbekistan Airways 5ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro qatnovlarni tiklamoqda

Uzbekistan Airways 5ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro qatnovlarni tiklamoqda
Uzbekistan Airways AJ qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda qayta tiklanishini ma’lum qildi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qatnovlar quyidagicha amalga oshiriladi:
  • Toshkent-Dubay-Toshkent - haftada bir marta, 4 sentabrdan, juma kunlari;
  • Toshkent-Frankfurt-Toshkent - haftada bir marta 10 sentabrdan, payshanba kunlari;
  • Toshkent-Olmaota-Toshkent - haftada bir marta, 11 sentabrdan, juma kunlari;
  • Toshkent-Bishkek-Toshkent - haftada bir marta, 14 sentabrdan, dushanba kunlari;
  • Toshkent-Istanbul-Toshkent - 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentabr.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaharlardan Uzbekistan Airways reyslarida O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar parvozdan 72 soat oldin COVID-19’ga PZR usulida olingan test haqidagi ma’lumotnomani rus yoki ingliz tilida taqdim etishlari kerak. Test musbat natija bergan bo‘lsa, yo‘lovchilar parvozga chiqarilmaydi.

Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiyadan muntazam reyslar bilan kelgan va COVID-19’ga test natijalari haqida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar termometriyadan o‘tishlari va o‘zlarini 14 kun izolyatsiya qilish majburiyati bilan anketani to‘ldirishlari kerak bo‘ladi:

Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun doimiy yashash joyida, chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish joyida bo‘lishi lozim.

Kelgandan keyin isitma yoki boshqa alomatlar bo‘lgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportida tekshiruvdan o‘tkaziladi. PZR testi musbat natija bergan yo‘lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari yuqorida ko‘rsatilgan shaharlarga parvozni rejalashtirsa, unda ular bu shaharlardagi sanitar talablarini mustaqil ravishda aniqlashtirishi hamda aviachipta sotib olishdan oldin yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beradigan tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways 5ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro qatnovlarni tiklamoqda