14:47 / 03.09.2020
1 915

Sinfda koronavirusga chalingan bola aniqlanganida ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berildi

Sinfda koronavirusga chalingan bola aniqlanganida ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berildi
AOKAgi bo‘lib brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva muhim savollar yuzasidan javob qaytardi.
Jumladan, sinfda koronavirusga chalingan bola aniqlansa va bu tahlillarda tasdiqlansa, qanday chora ko‘rilishi haqida ma’lumot berildi.

Agar guruhda bir o‘quvchida koronavirus alomatlari yoki umumiy shamollash alomatlari paydo bo‘lsa maktab tibbiy xodimi:
- tibbiy xonaga alohidalaydi;
- o‘quvchidan test olinadi va agarda u tasdiqlansa, Oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori va pediatriga xabar beriladi.

«Bu bolaning salomatligi shifokorlar tomonidan o‘rganiladi hamda kasallik kechuviga qarab shifokor nazoratida uy sharoitida davolanadi. Lekin bolaning salomatlik holati kasallikning o‘rta va og‘irroq kechuviga mos kelsa, shifoxonaga yo‘naltiriladi va bola maxsus shifoxonada davolanishi kerak.

Shuningdek, kontaktda bo‘lgan sinfdagi boshqa o‘quvchilarning hammasidan test olinadi hamda 14 kun karantin nazoratida bo‘lishadi. 14 kun davomida bolalarda kasallik alomati paydo bo‘lsa poliklinika oilaviy shifokori va pediatri nazoratiga olinadi. Uy sharoitida davolash olib boriladi.

Kasallik alomatlari paydo bo‘lmasa, karantinning 12-14 kunlarida qayta test topshiriladi», dedi Sevara Ubaydullayeva.
Shuningdek, o‘quvchi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib tuzalgan bo‘lsa, u maktabda qayta zararlanish ehtimoli haqidagi savolga javob berildi.

«O‘quvchi koronavirusdan sog‘aygan bo‘lsa, oilaviy shifokor yoki oilaviy poliklinika pediatirdan muolaja natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Tibbiy ma’lumotnomada qondagi M va G immunoglobulinlarni aniqlash bo‘yicha tekshirish natijasi ko‘rsatilishi kerak. Agar G immunoglobulin M immunoglobulinga nisbatan yuqori ko‘rsatkichda bo‘lsa bola kamida 6 oy mobaynida virusdan himoyalanganini anglatadi, ya’ni organizmda himoya anitanachalari mavjud.

Biroq bu boshqa infeksiya kasalliklaridan himoya qilmaydi, shuning uchun doimiy niqob taqish, masofa saqlash va qo‘llarni muntazam yuvish himoyalanishga yordam beradi», dedi shtab a’zosi.

Mutaxassis maktabga farzandini kuzatayotgan ota-onalar qanday tibbiy talablarga rioya qilishlari shartligi bo‘yicha ham izoh bergan.

«Yoshi kattaroq bolalar, ya’ni o‘smirlar bu holatlarga biroz e’tiborsiz bo‘ladilar, shu bois salomatliklaridagi o‘zgarishlarni yashirishlari mumkin. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida ota-onalar doimiy ravishda bolalar salomatligidagi o‘zgarishlar kuzatilayotgani yoki yo‘qligi haqida so‘rab, o‘rganib turishlari kerak.

Farzandlaringiz nafaqat maktabda, balki uyda ham shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishiga o‘rgating. Ya’ni doimiy ravishda qo‘l yuvish texnikasining 5ta qoidasi bo‘yicha 20 soniyadan ortiq qo‘llarni sovunlab yuvish, imkon bo‘lmaganida antiseptik vositalar bilan ishlov berish kerak.

Niqoblarni taqish texnikasiga rioya qilgan holda taqish va har 2-3 soatda almashtirishni o‘rgatish. Bunda ota-onalar bolalarga maktabga qo‘shimcha 2-3ta niqob berib yuborish kerak. Eng qiyini, lekin bolalarga imkon qadar tushuntirish muhim bo‘lgani - qo‘l ushlashib so‘rashishlardan tiyilishni, ko‘pchilik bo‘lganda 2 metr masofani saqlash kerakligini doimiy ravishda tushuntirish kerak», dedi u.

Shtab a’zosining ta’kidlashicha, ota-onalar farzandlariga maxsus bokslarda sog‘lom ovqat berib yuborishlari kerak bo‘ladi.

«Bu holatda imkon qadar bir necha soat davomida yopiq konteynerdagi ovqat aynib qolmasligini nazarda tutish kerak. Ovqat yangi tayyorlangan bo‘lishi, imkon qadar bolaning oshqozon ichak tizimiga ta’sir etmaydigan, yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar berib yuborish kerak. Bola uchun alohida qoshiq, sanchqi va o‘z piyolasi bo‘lishini ta’minlash kerak. Bola ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvishi yoki antiseptik bilan ishlov berishi kerak.

Bolaga kichik termoslarda iliq suyuqliklar, turli damlamalar, choylar berib yuborish tavsiya etiladi», dedi shtab a’zosi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sinfda koronavirusga chalingan bola aniqlanganida ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berildi