20:18 / 03.09.2020
2 518

Adliya vazirligi: 11 mingta yer uchastkalari auksion savdolariga joylashtirildi

Adliya vazirligi: 11 mingta yer uchastkalari auksion savdolariga joylashtirildi
Yurtimiz iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni hamda rolini tubdan oshirish, xususiy mulk hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish maqsadida oxirgi yillarda o‘nga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Jumladan Prezidentimizning 2019 yil avgust oyidagi tegishli Farmon va qarorlariga asosan 2019 yil 1 oktabrdan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali beriladigan bo‘ldi.

Adliya vazirligining "Adliya bilan muloqot" (https://www.facebook.com/groups/adliya/) guruhida joriy yil 3 sentabr kuni “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillari ” mavzusida “On-line” muloqot o‘tkazildi

Muloqotda Adliya vazirligining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini «YERELEKTRON» AATga joylashtirish, onlayn auksionda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etish shartlari va tartibi bo‘yicha tushuntirish berishdi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilishi, yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha kelishish va xulosalar berish faqat “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshirilishi, auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, ushbu yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksion g‘olibi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga hozirda onlayn-auksion ishtirokchisiga aylanish tartibi juda oson bo‘lib, buning uchun
www.e-auksion.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi, o‘zlarini qiziqtirgan ob’ektni (LOT) tanlashi va ariza berishi, so‘ngra to‘lovlarni tijorat banklari yoki elektron to‘lov tizimlari (Payme, Click va boshqalar) orqali amalga oshirib, real vaqt rejimida onlayn-auksionda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi eslatib o‘tildi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 10.908 ta yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 4.009 tasi sotilgan hamda 6.899 tasi auksion jarayonida muhokamada.

Muloqot davomida fuqarolarning auksionda ishtirok etish tartibi va shartlari, auksionda yutib olingan yer uchastkasining qiymatini to‘lash va mavzuga oid boshqa savollariga vazirlik xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish berildi.

Fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati o‘rganish talab etganligi uchun alohida nazoratga olindi va joyiga chiqib o‘rganish uchun hududiy adliya organlariga yuborildi Murojaatlarning natijasi bo‘yicha OAV orqali ma’lum qilinadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: 11 mingta yer uchastkalari auksion savdolariga joylashtirildi