22:08 / 04.09.2020
2 637

“Jizzax Petroleum”ning 2 nafar xodimiga ish haqlari undirib berildi

“Jizzax Petroleum”ning 2 nafar xodimiga ish haqlari undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararor sudida da’vogarlar F.Akramov va A.Xalilovlarning ishga tiklash ish haqlari va zararni undirish haqidagi fuqarolik ishlari ko‘rib chiqilib, ular Byuroning Muborak tuman bo‘limi tomonidan qonuniy ishga tiklanganligi haqida xabar bergan edik. Sababi, ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganidan xodimlar qonuniy tartibda xabardor qilinmagan.

Shu kabi mehnat shartnomasi bekor qilingani yoki xodim boshqa ishga o‘tkazilgani ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi. Ana shu ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori sud tomonidan belgilanadi. Biroq bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.

FIB Koson tumanlararo sudi ijro varaqasida majburiy progul vaqtlari uchun F.Akramovning foydasiga 6.588 ming so‘m va A.Xalilovning foydasiga 12.028 ming so‘m undirish belgilandi.
Ushbu ijro varaqasi yuzasidan da’vogarlarning ish haqlari to‘liq undirib berildi va ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.

Shahzod Samatov
MIB Muborak tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Jizzax Petroleum”ning 2 nafar xodimiga ish haqlari undirib berildi