09:40 / 05.09.2020
3 834

Jinoiy sheriklikdagi ovsinlar qo‘lga olindi

Jinoiy sheriklikdagi ovsinlar qo‘lga olindi
Namangan viloyatida 2020 yilning 24 avgust kuni soat 10:00 da Namangan shahri «Chorsu» bozorida joylashgan «Avtoshohbekati» oldida noma’lum shaxslar 38 yoshli N.T.ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 1.500.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib ketishgan.

Bundan tashqari, shu kuni soat 13:00 da Namangan shahri «Chorsu» dehqon bozorida ham noma’lum shaxslar 27 yoshli O.S. ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 2.000.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ovsinlar 26 yoshli G.S., M.Yu. va 22 yoshli N.Yu.lar sodir etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoiy sheriklikdagi ovsinlar qo‘lga olindi