10:08 / 05.09.2020
2 077

Jarima maydonchasidan motosiklni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Jarima maydonchasidan motosiklni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 2 sentabr kuni soat 04:30larda fuqaro S.J. Jangir qishlog‘ida joylashgan jarimalar maydonchasida saqlanayotgan, fuqaro Q.A.ga tegishli bo‘lgan davlat raqamsiz “Yava” rusumli motosiklni olib qochgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, S.J. Qo‘qon–Yaypan yo‘lida motosiklni yetaklab borayotgan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari tomonidan to‘xtatilib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarima maydonchasidan motosiklni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi