11:00 / 05.09.2020
2 373

Koronavirusdan saqlanish choralari

Koronavirusdan saqlanish choralari
Qo‘llarni muntazam ravishda spirt asosidagi (spirt konsentratsiyasi kamida 70% bo‘lgan) vosita bilan ishqalab, yaxshilab artish yoki qo‘llarni oqayotgan suv va sovun bilan kamida 20 soniya davomida yuvish zarur.

Niqoblarni kiying. Ularni har 2-3 soatda almashtiring.

Jismoniy masofani saqlash mumkin bo‘lmagan joylarda, masalan, jamoat transportida, do‘konlarda yoki boshqa tor joylarda, siz infeksiyaga qarshi himoyasiz bo‘lib qolasiz.

Boshqa odamlar bilan orangizda kamida 2 metr masofani saqlang.

Kimdir yo‘talganda, aksirganida yoki gapirganda, u tarkibida virus bo‘lishi mumkin bo‘lgan mayda suyuqlik tomchilarini sachratadi. Agar siz juda yaqin turgan bo‘lsangiz, siz COVID-19 virusi bo‘lgan tomchilar bilan nafas olishingiz mumkin.

Odamlar gavjum joylarga borishdan saqlaning.

Ko‘pchilik orasida siz COVID-19ga chalingan biron kimsa bilan yaqin muloqotda bo‘lishingiz ehtimoli ko‘proq, va siz 2 metrlik jismoniy masofani saqlashingiz qiyin bo‘ladi. Ko‘z, burun va og‘izga tegmaslikka harakat qiling.

Qo‘llar ko‘plab sirtlarga, shu jumladan viruslar qo‘ngan yuzalarga ham tegishadi. Agar qo‘llaringiz bilan ko‘zingizga, burningizga yoki og‘zingizga tegsangiz, virus tanangizga kirishi mumkin.

Yo‘talayotganda yoki aksirganingizda, siz va boshqalar og‘zingiz va buruningizni egilgan tirsak yoki bir marta ishlatiladigan salfetka bilan yopganingizga ishonch hosil qiling. Keyin ishlatilgan salfetkalarni darhol tashlang va qo‘lingizni yuving.

Tomchilar virusni tarqatadi. Ushbu ko‘rsatmalarga amal qilib, siz atrofingizdagi odamlarni gripp va COVID-19 kabi virusli kasalliklardan himoya qilasiz.

Agar sizda yo‘tal, bosh og‘rig‘i, isitma kabi yengil alomatlar bo‘lsa ham, uyda bo‘ling. Zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling yoki shifokor bilan telefon orqali maslahatlashing.

Boshqa odamlar bilan muloqotdan saqlanish orqali siz ularni o‘zingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan COVID-19 va boshqa viruslardan himoya qilasiz.

Agar sizda isitma, yo‘tal va nafas qisilishi bo‘lsa, tibbiy yordamga murojaat qiling va shifokor ko‘rsatmalariga rioya qiling.

Oldindan qilingan qo‘ng‘iroq sizning shifokoringizga sizni tezda kerakli tibbiy muassasaga yo‘naltirishga imkon beradi. Ushbu usul ham sizni himoya qiladi hamda viruslar va boshqa infeksiyalar tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan saqlanish choralari