11:25 / 05.09.2020
2 434

Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi

Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi
Fransiyada o‘tgan bir sutka ichida 8975 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Fransiya Sog‘liqni saqlash bosh direksiyasiga (DGS) tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Mart oxirida bir sutka davomida kasallanish bo‘yicha maksimal holat 7578 kishini tashkil etgandi.

2—3 sentabr kunlari bir sutka ichida 7 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan.

Hozirda Fransiya kasalxonalarida koronavirus bilan kasallangan 4671 kishi qolmoqda, 473 kishi reanimatsiyada. Mamlakatda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon 30 686 kishi virus qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avgust o‘rtalarida Fransiyada karantin yumshatilganidan so‘ng COVID-19’ga chalinish bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni oshgan edi. Mamlakatda niqob taqmaganlik uchun jarima belgilangan. Ko‘chada niqobsiz yurgan mamlakat aholisi va mehmonlar 135 yevro jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi