14:55 / 05.09.2020
2 017

Tanzila Norboyeva: «Sardobadagi holat sabablari va unga yo‘l qo‘yganlar albatta aniqlanadi»


Tanzila Norboyeva: «Sardobadagi holat sabablari va unga yo‘l qo‘yganlar albatta aniqlanadi»
Foto: Kun.uz
Bugun, 5 sentabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Sirdaryo viloyatida sayyor majlisi o‘tkazilmoqda. Unda Senat Raisi Tanzila Norboyeva nutq so‘zladi.

Majlis avvalida Sirdaryoda Senat majlisi ilk marta o‘tkazilayotgani, bu boradagi tajribani yana ko‘paytirish kerakligini ta’kidlagan T.Norboyeva kvorum yetarli bo‘lganligi sababli majlisni boshladi.

"Sardoba suv omborida yuzaga kelgan holat sabablari va unga yo‘l qo‘ygan sababchilar ham albatta aniqlanadi va ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan turli gap-so‘zlarga o‘rin yo‘q, albatta chora ko‘riladi”, — dedi Senat raisi.

T.Norboyeva ushbu texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar Senat tomonidan o‘rganib chiqilganini ta’kidladi.
Ishchi guruh sa’y-harakatlari bilan hududdagi ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash ishlari uchun qurilish tashkilotlarga ajratilmay kelayotgan 9,5 mlrd so‘m undirib berildi”, dedi T.Norboyeva.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bu voqea xalqimizni yanada jipslashishiga sabab bo‘lganiga urg‘u berdi.
Sardobaga yordam” aksiyasi xalqimizni yanada jipslashtirdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘shanda hech kimdan topshiriq bo‘lgani yo‘q. Lekin barcha viloyatlarimiz, hududlarimiz o‘zlari uyushib Sirdaryoga yordamlarini keltirishdi.

Bu ham bo‘lsa xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglikdan nishona, bir-birimizga ko‘mak berish — so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydigan xarakterimizning namoyishi
”, — dedi T.Norboyeva.

Senat raisi Sirdaryodagi texnogen falokatdan jabr ko‘rgan hududlarda bunyodkorlik va qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun davlatning bor resurslar safarbar qilingan, dedi.

Kuni-kecha Bosh vazirning o‘zi bir qator vazirlarimiz bilan birgalikda kelib ketibdi, bu yerda qilinayotgan ishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, yana qo‘shimcha topshiriqlarni beribdi.

Aytmoqchimizki, Sirdaryoda juda katta islohotlar o‘tkazilayotgan edi, bu ishlar oxirigacha yetmaguncha, sirdaryoliklar eski iziga tushib olmaguncha hamma ishlar izchil amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi davlatimiz rahbarining shaxsiy nazoratida turibdi
”, — dedi Tanzila Norboyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva: «Sardobadagi holat sabablari va unga yo‘l qo‘yganlar albatta aniqlanadi»