17:21 / 05.09.2020
1 753

Fuqaro foydasiga 161 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

Fuqaro foydasiga 161 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 26.06.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “UMID AVTO LIZING” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi J.Umirzakovning foydasiga 155,3 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘i, sudga da’vo ariza bilan murojaat qilishda to‘langan 6,2 mln. so‘m davlat boji va pochta harajatlarini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga 28.07.2020 kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning “Davrbank” Qoraqalpog‘iston filialidagi barcha hisob-raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomasi quyilgan va shu orqali undiruvchi J.Umirzaqovning foydasiga belgilangan 161 mln. 527,6 ming undirilib, uning nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.

Natijada, navbatdagi ijro hujjatining ijrosi amalda ta’minlanganligi bois mazkur ish tamomlandi va fuqaroning huquqlari himoyasi ta’minlanishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro foydasiga 161 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi