07:35 / 07.09.2020
1 815

"Tirikchilik va oila boqish" o‘zgalar salomatligi va hayotidan ham muhimmi?

"Tirikchilik va oila boqish" o‘zgalar salomatligi va hayotidan ham muhimmi?
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining "Instagram" va "Facebook"dagi sahifalarida yuqoridagi kabi yuk tashish qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga halaqit berib, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavfga qo‘ygan haydovchilar haqida maqolalar e’lon qilingan.

Ushbu ogohlikka chorlovchi xabarlarga ayrim fuqarolar "tirikchilikda nima qilsin?", "oilasini boqayapti" kabi izohlar qoldirishgan.

- "To‘g‘ri bu "tirikchilik va oila boqish" uchun. Lekin, salomatlik va o‘zgalar hayoti-chi?
Barcha harakat ishtirokchilaridan holatga to‘g‘ri baho berishlarini, yuk tashish qoidalarini buzish, og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ham o‘ylab ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.

YPX xodimlarining vazifasi amaldagi qoidalarda belgilangan talablar bajarilishini ta’minlash xolos. Ularning bu vazifasi majburiyat ekanligini ham unutmaslik lozim
", deyiladi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Tirikchilik va oila boqish" o‘zgalar salomatligi va hayotidan ham muhimmi?