13:30 / 07.09.2020
2 742

Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi vakillarining nutq madaniyatiga xos muammo va ularning yechimlari

Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi vakillarining nutq madaniyatiga xos muammo va ularning yechimlari
Jamoat havfsizligini ta’minlash sohasi vakillari xodimlarining intellektual salohiyati, kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish muammolari bilan birga nutq madaniyatida ham muammolar yetarlicha mavjud. Bizga ma’lumki, nutqning har qanday tarzi, ya’ni og‘zaki va yozma uslublari bayon etilishi chog‘ida muammolar yuzaga kelib chiqadi. Ularning ba’zilari quyidagilardan iborat:
1. Nutqdagi aniqlikning yo‘qligi.
2. Nutq ravonligining buzilishi.
3. Mantiqiylikning yo‘qolishi.
4. Nutq sofligining buzilishi ¬ dialekt, varvar, jargon, parazit so‘zlardan foydalanish.
5. Maqsadsiz nutq bayon qilish.

Aynan jamoat havfsizligini ta’minlash sohasi vakillari xodimlarining nutq madaniyatini oshirish, muomala madaniyatiga o‘rgatish va muammolarni bartaraf qilish mazkur soha vakillarini tayyorlovchi mutaxassislarga yuklatiladi. Birinchidan, tilshunos o‘qituvchilar mashg‘ulot davomida muammolarni bartaraf qilishga xizmat qiluvchi mashqlardan foydalanish, badiiy adabiyot, gazeta va jurnal mutoalaa qilishi maqsadga muvofiqdir. So‘ngra reja asosidagi mavzuni o‘qib tahlil va muhokama qilinadi.

Ushbu muhokamalar dars jarayonida yozma va og‘zaki nutq muammolarini bartaraf qilishga xizmat qiladi hamda talaba dunyoqarashini kengaytiradi. Ikkinchidan, rolli o‘yinlar va muammoli vaziyatlar kabi metodlarni qo‘llash ham muammoga yechim sifatida xizmat qiladi. Rolli o‘yinlar o‘tilgan mavzu yuzasidan tashkil qilinadi va leksik qonun qoidalarga muvofiq olib boriladi. Professor-o‘qituvchi va tengdosh talabalar tomonidan kuzatilib, xatolar ustida ishlanadi.

Amaliyot davrini samarali o‘tashni muammoning yana bir yechimi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Bo‘lajak soha vakillari nazariyani o‘rganish bilan bir qatorda amaliyot o‘tash davrida hayotiy vaziyatlarda nutq birliklaridan o‘z o‘rnida foydalanishni o‘rganadilar.

Hech kimga sir emaski, ba’zi jamoat havfsizligini ta’minlash sohasining ayrim vakillari tomonidan aholi orasida muomala madaniyatiga rioya qilmaslik holatlari kuzatiladi. Axir xalqimizning “Yaxshi gapga ilon ham inidan chiqadi...” degan naqli bor. Shunday ekan jamoat havfsizligini ta’minlash sohasi vakillari tomonidan o‘z nutqini va saviyasini oshirish maqsadida ko‘proq badiiy kitoblar o‘qilsa, shuningdek o‘zaro muloqot vaqtida ham muomala madaniyatiga rioya qilinsa, tabiiyki fuqarolar bilan bo‘lgan muloqot davrida o‘z aksini topadi.

Xulosa qilib aytganda, yuksak intellektual salohiyatga, o‘z mustaqil dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk bo‘lgan haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma’nodagi himoyachisi hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarida yuqoridagi ijobiy sifatlarning shakllanishida esa tayanch oliygohlarida yuqorida keltirilgan usullardan foydalanish, ularning kitobga oshno bo‘lishi, nafaqat o‘z kasbiy faoliyatiga oid, balki turli janrdagi kitoblarni o‘qib o‘z bilimi va dunyoqarashini kengaytirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Zulfiya Po‘latova,
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali Umumta’lim fanlari
kafedrasi katta o‘qituvchisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi vakillarining nutq madaniyatiga xos muammo va ularning yechimlari