14:18 / 07.09.2020
3 011

O‘zbekistonda ilk bora o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini shakllantira olgan davlat organi

O‘zbekistonda ilk bora o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini shakllantira olgan davlat organi
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda faqatgina targ‘ibot ishlari, davra suhbatlari va boshqa turdagi xabardorlikni oshiruvchi vositalar sifatida emas, balki izchil tizimli nazorat olib boruvchi mexanizmga aylanib bormoqda. Bunday tizimni shakllanganligini Adliya vazirligi misolida aytib o‘tishimiz mumkin.

Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi 2019 yilda ish boshlanib 3 fazada amalga oshirildi, 2020 yilning
fevral-aprel oylarida to‘liq joriy qilindi va uning asosiy elementlari sifatida quyidagilar belgilandi:
– adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini tashkil etuvchi ichki hujjatlar;
– “Yuqoridan quyiga munosabat” – Yuqori darajada rahbarlik namunasi;
– korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash;
– korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul shaxslar va bo‘linma;
– aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralar;
– axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish;
– monitoring, nazorat va hisobotdorlik;
– huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

Mazkur elementlar har bir biri o‘zaro bog‘liqni yuqotmagan holda Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini doimiy ish faoliyatini ta’minlaydi.

Shuningdek, adliya organlari va muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshirishi belgilanib olindi:
Qonuniylik, ya’ni adliya organlari va muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Vazirlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korrupsiyaga toqatsizlik, ya’ni adliya organlari va muassasalari o‘z faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari
va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Adliya organlari va muassasalarining xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik, ya’ni Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida adliya organlari xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligi, ya’ni adliya organlari va muassasalari korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda adliya organlarining barcha funksiyalari va yo‘nalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi, ya’ni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Vazirlik tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar Vazirlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish, ya’ni adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish, ya’ni Vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligini to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz idora rahbari va adliya vaziriga murojaat qilishi mumkin;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik, ya’ni adliya organlari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda adliya organlari
va muassasalari faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish, ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra adliya organlari va muassasalari Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda oshirish choralarini ko‘radilar.

Shu bilan birgalikda, barcha aloqa kanallarining ishlashi va olingan xabarlarni qayta ishlash/ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot Adliya vazirligining korrupsiyaviy tusdagi ma’lumot haqida xabar berish uchun aloqa kanallari to‘g‘risidagi nizomda va adliya organlarining boshqa shunga o‘xshash ichki hujjatlarida aks etgan.

Buning natijasida, Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yangi bosqichga chiqibgina qolmay, uning barcha davlat organlari uchun odatiy bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish shakldan, ya’ni oqibatlarga qarshi kurashishdan ularga sabab buluvchi shart-sharoitlarni oldindan aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish amaliyotini shakllantirdi.

Sevara Urinbayeva
Adliya vazirligi mas’ul xodimi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ilk bora o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini shakllantira olgan davlat organi