17:00 / 07.09.2020
2 534

MIB Toshkent shahar boshqarmasi: ijro ishlari bo‘yicha mol-mulklarni sotish uchun tashkilotlar o‘rtasida tanlov bo‘lmoqda!

MIB Toshkent shahar boshqarmasi: ijro ishlari bo‘yicha mol-mulklarni sotish uchun tashkilotlar o‘rtasida tanlov bo‘lmoqda!
Yaxshi bilamizki, mana necha yildirki, ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlarini tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshirib kelimnoqda.

Tanlov o‘tkazishdan asosiy maqsad har bir tuman (shahar) bo‘yicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish bo‘yicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.

Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Komissiya tanlov boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beradi. E’lon beriladigan ommaviy axborot vositalari ro‘yxati Byuro tomonidan belgilanadi va Byuro hamda uning hududiy boshqarmalari rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.

Ha aytgancha, tanlovda:
- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrot arafasida bo‘lgan;
- faoliyat yuritayotganiga olti oy bo‘lmagan;
- oxirgi ikki yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan yuridik shaxslar qatnasha olishmaydi.

Poytaxtimizda ham, Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham huddi shunday tanlov tashkil etilmoqda.
Tanlov o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-mavze, 68-uy, 2020 yil 12 oktabr, soat 10:00 da.

Ariza va hujjatlarni qabul qilib olish joyi va manzili: Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahri, Aviasozlar, 4-mavze, 68-uy. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar taqdim etishning oxirgi muddati: 02.10.2020 yil.

Hurmatli ishbilarmon va tadbirkorlar!
Ochiq va shaffof tanlovlarda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Majburiy ijro byurosining
Toshkent shahar boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkent shahar boshqarmasi: ijro ishlari bo‘yicha mol-mulklarni sotish uchun tashkilotlar o‘rtasida tanlov bo‘lmoqda!