08:36 / 08.09.2020
3 821

Navoiyda 800 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiyda 800 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar 2020 yil 2-3 sentabr kunlari Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tabiat qo‘yniga 800 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Dubay amirligi tomonidan tashkil etilgan hamda moliyalashtiriladigan Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazida ko‘paytirilgan.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Markaz 2008 yilda o‘z faoliyatini boshlagandan buyon jami 14 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat bag‘riga uchirilgan.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda 800 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi