13:20 / 08.09.2020
2 487

Buxoroda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Buxoroda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Buxoro viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining devonxona mudiri 500 dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2020 yilning 2 sentabr kuni DXX viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi 500 dollar pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ochiqlanishicha, devonxona mudirasi D.S. 23 yoshli fuqaro X.J.ga uni viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga hamshiralikka ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilib, evaziga 500 dollar berishini talab qilgan.

Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlaridan so‘ng devonxona mudirasining pora talab qilgani ma’lum bo‘lgan. Shu boisdan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi