17:42 / 08.09.2020
2 903

Chiroqchi tuman IIBning sobiq xodimlari ustidan sud boshlandi

Chiroqchi tuman IIBning sobiq xodimlari ustidan sud boshlandi
Shu yilning yanvar oyida Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Langar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Yu. A. chorva mollari o‘g‘irligida gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan qattiq kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Holat bo‘yicha o‘sha paytdayoq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bir necha IIB xodimi hibsga olinishidan tashqari tuman va viloyat IIBdagi qator mas’ul xodimlar ishdan olingandi.

Shuningdek, «Chiroqchi voqeasi» yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida besh nafar IIB xodimiga nisbatan ayb e’lon qilinib, ularning ikki nafariga qamoq, uch nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgani Jinoyat kodeksining qator moddalaridan iborat «delo» bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgani ma’lum qilingandi.

Oliy sud axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 8 sentabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchilar:
  • N. Ovlayev (1989 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, ikki nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • A. Janqabilov (1985 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan),
  • Sh. Raxmonov (1978 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, uch nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan),
  • A. Tojinorov (1994 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, muqaddam sudlangan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan),
  • B. G‘ayratov (1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlangan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K. Tolliboyev raisligida hamda sudyalar E. Ergashev va R. Orziqulovdan iborat sud tarkibida ko‘rilmoqda.

Sudlanuvchilar:
  • N. Ovlayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish), 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayri insoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) va 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olishni qasddan yashirish)da;
  • A. Janqabilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;
  • Sh. Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi, 235-moddasi va 241-1-moddasida;
  • A. Tojinorov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;
  • B. G‘ayratov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 241-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchi tuman IIBning sobiq xodimlari ustidan sud boshlandi