10:05 / 09.09.2020
3 358

Koronavirus: Bemorlar soni yana ko‘paymoqda

Koronavirus: Bemorlar soni yana ko‘paymoqda
2020 yil 9 sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 557 (+139) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 41 898 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 297 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: Bemorlar soni yana ko‘paymoqda