15:15 / 09.09.2020
2 489

Vazir «1000ta jo‘ja spektakli» uyushtirilgan joyda uchrashuv o‘tkazdi

Vazir «1000ta jo‘ja spektakli» uyushtirilgan joyda uchrashuv o‘tkazdi
Foto: Vazirlik matbuot xizmati
Kecha, 9 avgust kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligida Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘inida tuman mahalla hamda aholi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda kun.uz saytida e’lon qilingan «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunovning mahalladagi kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam namunasi sifatida o‘z uyida boqilayotgan 1000 dona jo‘jani hamda kambag‘al oila vakili sifatida o‘z o‘g‘li – Doston Tirkashevni ko‘rsatgani bayon etilgan maqolada ko‘tarilgan masalalar o‘rganilib, muhokama etilgan.

Foto: Vazirlik matbuot xizmati
R.Mamatov bu haqida o‘z fikrini bildirib, vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik qilgan har bir mas’ul xodimga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini aytib o‘tdi.
Uchrashuvda «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, Past Darg‘om tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Sanaqulovaga o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun «hayfsan» intizomiy jazo chorasi berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir «1000ta jo‘ja spektakli» uyushtirilgan joyda uchrashuv o‘tkazdi