19:35 / 09.09.2020
2 193

Sudlar faoliyati raqamlashtiriladi

Sudlar faoliyati raqamlashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 sentabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4818-sonli Qarori qabul qilinganligi, sudlar tizimidagi faoliyatni yanada takomillashishiga asos bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini berdi.

Shu bilan birga, bugungi kunda sudlarda ishlarni ko‘rishda ko‘pgina vazirlik va idoralar bilan ma’lumot almashinuvi ularning axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinmaganligi sababli asosan qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish talab etilmoqda.

Mazkur Qarorda 2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga turli xil yengilliklarni beruvchi ya’ni «Adolat» axborot tizimlari kompleksi joriy etilishi belgilangan. Xususan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish;
manfaatdor shaxslar tomonidan da’vo, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish;
sud majlisi ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish;
sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalish belgilab o‘tilgan.

Shuningdek, Qarorda hududlarda sudyalar hamda sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari biriktirishi belgilangan.

Shu bilan birga, Oliy sud Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari bilan birgalikda har yili 1 dekabrga qadar keyingi yil uchun sudyalar hamda sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish yuzasidan hududlar kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlanishi ko‘rsatilgan.

Ushbu Qarorda, nafaqat sud tizimi faoliyatini takomillashtirish balki sud apparati xodimlarining kasb mahoratini, raqamli savodxonligini va malakasini oshirish kabi oliy maqsad yotadi.

A.N.Ibodov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudlar faoliyati raqamlashtiriladi