22:11 / 09.09.2020
2 530

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tahlillari qanchalik ishonchli? O‘zbekistonda bu kabi tahlillarni kim o‘tkazadi?

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tahlillari qanchalik ishonchli? O‘zbekistonda bu kabi tahlillarni kim o‘tkazadi?
Adliya vazirigi huxuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazidagi odam DNKsini tekshiruvchi laborotoriya yurtimizda yagona, markaziy Osiyoda esa nufuzli muassasasa hisoblanadi.

Avvalari odam DNK tahlillari faqat surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi asosida o‘tkazilar edi. Endilikda bu tahlillar fuqarolarning murojaatlari asosida ham o‘tkazilishi mumkin.

Adliya vazirligining "Adliya bilan muloqot" (https://www.facebook.com/groups/adliya/) guruhida hamda https://www.youtube.com/embed/dpExWQAwaks yutubdagi kanalida joriy yilning 9 sentabr kuni “Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi. Uning o‘tkazish tartibi va aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida “On-line” muloqot o‘tkazildi.

Unda Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi xodimlari ishtirok etib, Odam DNKsi sud biologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi, bu turdagi ekspertiza tomonidan xal etiladigan masalalar hamda aholi uchun DNK tahlillarini o‘tkazish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirildi.

Shuningdek, muloqot davomida Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlarning ishonchliligi, laboratoriyalarning xalqaro standartlar bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tganligi, DNK tahlillari jahon standartlariga mos zamonaviy asbob, uskuna va uslubiyotlar asosida o‘tkazilayotganligi haqida ma’lumot berildi.

Muloqot davomida mutaxassislar fuqarolar tomonidan kelgan savollarga javoblar berishdi.
Jumladan, soch tolasidan xam DNK o‘tkazish mumkinligi, DNK taxlillari 99.99% ba’zilari 100% aniqlik darajasidagi xulosalar berishini, DNK taxlillarini o‘tkazishda shaxs yoshining ahamiyati yo‘q ekanligi, agar shaxs DNK ekspertizasi natijalaridan norozi bo‘lsa qayta ekspertiza o‘tkazish uchun (yetarli asoslar mavjud bo‘lsa) sudga yoki tergov organlariga murojaat qilish mumkinligi, fuqarolarning arizalari asosda o‘tkaziladigan DNK tahlili natijalari faqatgina arizachilargagina ma’lum qilinishi aytildi.

Shuningdek, DNK ekspertizasi o‘tkazish narxlari haqidi to‘xtalib, hozirgi kunda to‘lovlar tadqiqot ob’ektlaridan kelib chiqib 3-xil tarifda belgilanganligi oddiy tadqiqotlar – 2.083.707 sum, o‘rtacha qiyinlikdagi tadqiqotlar – 4.021.189 so‘m va murakkab tadqiqotlar – 6.214.564 so‘m ekanligi ta’kidlandi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tahlillari qanchalik ishonchli? O‘zbekistonda bu kabi tahlillarni kim o‘tkazadi?