23:53 / 10.09.2020
2 471

Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda

Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ular tumanning KXAY, TXAY va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida qurilmoqda.
Cho‘ponota ko‘prigi eng so‘nggi texnologiyalariga ko‘ra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qo‘llanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qo‘llagan holda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Ko‘prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha bo‘lishi mo‘ljallangan. Ko‘prikning estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Cho‘ponota ko‘prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog‘lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi.

Ko‘prik qatnov qismi qoplamasining eng so‘ngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qo‘llagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini ta’minlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda