11:53 / 11.09.2020
2 257

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga «Qo‘shni huquqi» bobi qo‘shiladi

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga «Qo‘shni huquqi» bobi qo‘shiladi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga qo‘shnilar huquqi bo‘yicha yangi bob qo‘shiladi va unda muayyan bir chegaralarni belgilash, mavjud mulkka nisbatan kimning huquqi borligi kabi masalalar aks etadi. Bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri Nurillo Imomov 10 sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Tadbirda qo‘shnichilik munosabatlari bugungi kungacha Fuqarolik kodeksida alohida bob bilan tartibga solinmagani, qo‘shnilar o‘rtasida nizolar bo‘lsa, umumiy qoidalar asosida yechib kelinishi qayd etib o‘tilgan.

«Qo‘shni huquqi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasida bor. Masalan, Germaniya, Gruziya, Polsha, Fransiya va Rossiya davlatlari fuqarolik kodekslarida qo‘shnichilik huquqi degan alohida boblar mavjud. Biz ushbu mamlakatlar tajribasini o‘rganib, yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga «Qo‘shni huquqi» degan bobni kiritdik.

Bunda muayyan bir chegaralarni belgilash, mavjud mulkka nisbatan kimning huquqi borligi kabi masalalar aks etadi. Misol uchun, uy-joy, imoratlar qurilayotganda balandligi qancha bo‘lishi kerak, u qo‘shniga zarar qilmaydimi, o‘rtadagi devor kelishib quriladimi yoki birovning mulki hisoblanadimi, simlar, suv quvuri o‘tishi, daraxt o‘sgan bo‘lsa uning shoxidan to‘kiladigan mevalar kimniki kabi o‘nlab masalalar tartibga solingan
», dedi Nurillo Imomov.

Ma’lum qilinishicha, yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi uchun 50dan ortiq mahalliy, 20dan oshiq xorijiy ekspertlar yordamidan foydalanilyapti. Hujjat 1178ta moddadan iborat bo‘lib, uni tayyorlash jarayoni davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga «Qo‘shni huquqi» bobi qo‘shiladi