16:06 / 11.09.2020
2 170

2.5 oy aliment to‘lamagan ota qamaldi

2.5 oy aliment to‘lamagan ota qamaldi
Majburiy ijro byurosi Qarshi tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment ishi bo‘yicha qarzdor J.Toshqulov fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsa-da, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzlari hisoblanganda 1.780 mingni tashkil etgan. Biroq, ijro harakatlari davomida qarzdor aliment pullarini to‘lamagan. Shundan so‘ng, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

Qarshi tuman ma’muriy sudi ishni ko‘rib chiqib, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay, otalik mas’uliyatiga beparvo yurgan J.Toshqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47/4-moddasiga asosan 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Behruz Kenjayev
MIB Qarshi tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2.5 oy aliment to‘lamagan ota qamaldi