16:43 / 11.09.2020
3 445

Daryo trans xodimiga pora taklif qilgan xaydovchiga chora ko‘rildi

Daryo trans xodimiga pora taklif qilgan xaydovchiga chora ko‘rildi
2020 yil 06 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Karman tumani sudining ochiq sud majlisida daryo trans xodimiga pora taklif qilgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1970 yilda to‘g‘ilgan Xamrayev Anvar (shaxsi o‘zgartirilgan) litsenziyasiz aholiga pullik xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, 2020 yil 26 may kuni soat 11:30 larda Navoiy pedagogika kolleji binosi yonidagi avtomashinalar to‘xtab turish joyida o‘ziga tegishli “Lasetti” rusumli 85W232SA davlat belgili avtomashinasi bilan yo‘lovchilarni mindirish uchun to‘xtab turgan vaqtida, Navoiy viloyati transport boshqarmasi Nurota tuman transport sektori 1-toifali inspektori I.Haydarov tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1763-moddasi bilan AA0067428-sonli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasini Karmana tumanidagi “Bek” nomli jarima maydonchasiga topshirilishi jarayonida, u ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarish uchun I.Haydarovga 500.000 so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida berishni taklif qilgan.

Navoiy viloyati transport boshqarmasi Nurota tuman transport sektori 1-toifali inspektori I.Haydarovning arizasi asosida, 2020 yil 26 may kuni soat 17:30 larda Departamentning Navoiy shahar bo‘limi hamda DXX Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Karmana tumanida joylashgan “SAG” nomli savdo do‘konning avtoturargohi hududida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, I.Sattorov pora tariqasida taklif qilingan 500.000so‘m pullarini Navoiy viloyati transport boshqarmasi Nurota tuman transport sektori 1-toifali inspektori I.Haydarovga bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Sud, A.Xamrayevni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib JKning 57-moddasi qo‘llanib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 (ikki) yilga muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi statisti
Norbibi Shodiyeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Daryo trans xodimiga pora taklif qilgan xaydovchiga chora ko‘rildi