18:00 / 11.09.2020
2 370

Xitoyda burunga tomiziladigan COVID-19 vaksinasi sinovlari boshlandi

Xitoyda burunga tomiziladigan COVID-19 vaksinasi sinovlari boshlandi
Foto: AP / TASS
Xitoyda burunga tomiziladigan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
9 sentabr kuni Xitoy klinik tadqiqotlar idorasi sinovlar o‘tkazilishini ma’qulladi. Vaksina Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda Syamen va Hongkong universiteti olimlari tomonidan yaratilgan.

Bu Xitoyda odamlarda sinalayotgan koronavirusga qarshi o‘ninchi, ammo sprey ko‘rinishidagi birinchi vaksinadir, deb yozadi Bloomberg.

"Burunga tomiziladigan vaksinaning ustun jihati shundaki, u ham tizimli, ham burun va tomoqda paydo bo‘lib, virusga qarshi darhol kurashadigan lokal immunitet hosil qiladi", deydi Birmingemdagi Alabama universiteti immunologi va vaksinalar ishlab chiquvchi Frenses Lund.

Hozirda dunyo bo‘yicha ikkita vaksina – Gamaleya nomidagi milliy markaz ishlab chiqqan Rossiya vaksinasi va Xitoyning CanSino Biologics Inc kompaniyasi vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda burunga tomiziladigan COVID-19 vaksinasi sinovlari boshlandi