23:30 / 11.09.2020
6 017

«Nomusga tegish ishi»da burilish: prokuratura IIB qarorini bekor qildi

«Nomusga tegish ishi»da burilish: prokuratura IIB qarorini bekor qildi
Kechadan buyon Samarqandda taniqli estrada xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani, biroq IIB uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, deb topgani oid xabar kun tartibidan tushgani yo‘q. Bu orada Bosh prokuratura matbuot xizmati «nomusga tegish ishi» nazoratga olingani, IIB tergovchisining bu boradagi qarori qonuniyligi Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotgani haqida maxsus bayonot berdi hatto.

Mana, mavzuga oid yana bir xabar.

Holat bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisining tergovga qadar tekshirish harakatlarini o‘tkazib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qarori Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilganda, bir qator tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘liq bajarilmaganligi, voqelik sodir etilishida kim aybdorligi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib ko‘rilmasdan shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilinganligi aniqlangan.

Shu tariqa Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TBning 2020 yil 10 iyul kungi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarori bekor qilindi. Voqelik bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Nomusga tegish ishi»da burilish: prokuratura IIB qarorini bekor qildi