00:38 / 12.09.2020
2 824

Koronavirus bo‘yicha yurtimizdagi 11 sentabr kungi vaziyat tafsilotlari

Koronavirus bo‘yicha yurtimizdagi 11 sentabr kungi vaziyat tafsilotlari
SSV xabariga ko‘ra, 2020 yilning 11 sentabr kuni mamlakatimizda 593 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida jami 468 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 272 nafar bemordan 43 023 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 869 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bo‘yicha yurtimizdagi 11 sentabr kungi vaziyat tafsilotlari