09:08 / 12.09.2020
1 916

Tarbiya fan sifatida o‘quv jarayoniga kiritiladi

Tarbiya fan sifatida o‘quv jarayoniga kiritiladi
2020 yil 11 sentabr kuni Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan «Yoshlarni tarbiyalashda umuminsoniy, milliy qadriyatlar va huquqiy madaniyatning roli» mavzusida davra suhbati videokonferensiya tarzida o‘tkazildi.

Parlament saytida yozilishicha, davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad – joriy o‘quv yilida ta’lim muassasalari uchun kiritilayotgan yangi – Tarbiya fanining o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi va ushbu fanning bugungi kunda dolzarbligi, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligini ta’minlash yuzasidan deputatlar, ekspertlar, mutaxassislar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida takliflar ishlab chiqish, shuningdek fikr va mulohazalar almashishdan iborat.

Ta’kidlanganidek, tahlillar milliy g‘oya turkumiga kiruvchi fanlarga amaldagi o‘quv rejada yiliga 339 soat belgilangan bo‘lsa-da, shundan 203 soati yillar davomida turli o‘quv kurslariga (“Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Salomatlik” darslari, “Ekologiya”, “Hayot xavfsizligi asoslari”, “Iqtisod” va “Soliq alifbosi”, “Oila asoslari” va boshqalar) ajratilganligi, faqatgina 136 soati milliy g‘oya turkumiga kiruvchi fanlarning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishga yo‘naltirilganligi sababli o‘qitish samaradorligi pasayib ketganligini ko‘rsatdi.

Tadbirda qayd etilganidek, 2020 yilning avgust oyi davomida teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Onlayn-maktab” loyihasi doirasida telekanallar orqali mutaxassislar tomonidan Tarbiya fanini o‘qitadigan o‘qituvchilar uchun onlayn malaka oshirish darslari tashkil etildi.

Qayd etilganidek, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari maktablarida tarbiyaga oid fanlar haftasiga 25 soat o‘qitilib, mazkur fanlar doirasida o‘quvchilarga maktab va oila hamkorligining ahamiyati, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalari, maqsadlarga erishish yo‘llari, o‘quvchilarning shaxsini shakllantirish orqali, jamoa mas’uliyatni oshirish va milliy qadriyatlarni asosiy o‘ringa qo‘yish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida yuqori samaraga erishilgan.

Tadbirda to‘plangan milliy va xorijiy tajribalar asosida Tarbiya fanining Konsepsiyasi ishlab chiqilganligi ham e’tirof etildi.

Davra suhbatida Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan yoshlarni tarbiyalashda umuminsoniy, milliy qadriyatlar va huquqiy madaniyatni rolini kuchaytirish bo‘yicha qo‘mita a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar ta’lim sohasiga tegishli mutasaddi tashkilotlarga taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tarbiya fan sifatida o‘quv jarayoniga kiritiladi