11:38 / 12.09.2020
1 776

Allamjonov: «Soha vakillarining fikri inobatga olinsa, mexanizmlar yanada aniq, nuqsonsiz ishlaydi»

Allamjonov: «Soha vakillarining fikri inobatga olinsa, mexanizmlar yanada aniq, nuqsonsiz ishlaydi»
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fond Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov xabar berdi.

Uchrashuvda tuhmat va haqorat uchun jurnalistlarni ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasini yengillashtirish, jurnalistlarga tazyiq va bosim o‘tkazganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi mexanizmini kuchaytirishga oid prezident qarorlarida belgilangan masalalar muhokama qilindi.

«Hamkasblarimiz bir ovozdan ushbu masalalarni qo‘llab-quvvatladilar va fikr-takliflarini berdilar», - deb yozadi K. Allamjonov.
Uning ta’kidlashicha, barcha takliflar umumlashtirilib, Fond nomidan tez kunda AOKA va Adliya vazirligi ishchi guruhiga taqdim etiladi.

«Bevosita soha vakillarining fikri inobatga olinsa, mexanizmlar yanada aniq, nuqsonsiz ishlaydi, degan umiddamiz», - deydi fond Vasiylik kengashi raisi.

Bundan oldin, Komil Allamjonov O‘zbekistonda jurnalistika bo‘yicha ikkita muhim hujjat imzolanish arafasida ekani haqida xabar bergandi.

Birinchisi – Prezidentning PQ-4551 sonli qarori ijrosi bo‘yicha AOKA va Adliya vazirligi tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlab, kiritishi lozim.

Ikkinchisi, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’lumot taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik, shuningdek, OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni belgilashga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov: «Soha vakillarining fikri inobatga olinsa, mexanizmlar yanada aniq, nuqsonsiz ishlaydi»