18:03 / 12.09.2020
2 316

«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi

«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud majlislarini respublika bo‘ylab hududlarda o‘tkaziladi. Bu haqida jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi ma’lum qildi.
Ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turgan «Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari bo‘lib o‘tayotgani haqida ma’lumot berilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan (Toshkent viloyatidan tashqari) bo‘lgan jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida keyingi sud majlislari respublika bo‘ylab hududlarda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, bugunga qadar sud majlisida 1 809 nafar jabrlanuvchilar so‘roq qilingan.

Andijon viloyatida yashovchi jabrlanuvchilar uchun sud jarayonlari shu yil 14-19 sentabr kunlari (dushanbadan shanbga qadar) soat 09:00dan 17:00gacha jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida (Andijon viloyati, Andijon shaxri, Navoiy shox kochasi, 15-uy) bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.

Sud majlisi bo‘lib o‘tadigan vaqt va joy to‘g‘risida JIB Chilonzor tuman sudining telegram kanali orqali xabar berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, tergov hujjatlariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MCHJ ta’sischisi va boshqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan avtotransport olib berishni va’da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni to‘liq bajarmagan.

MCHJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million so‘m to‘lov qilgani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi