Foto: «Pixabay.com»
Olimlar kuz faslida dunyoga kelgan go‘daklarda astma, allergiya va kuzgi isitmaga moyillikni aniqlashdi. Bu haqda doktor Jessika Xuey ma’lumotlariga tayanib «Daily Mail» xabar berdi.
U Kolorado shtatidagi tibbiyot markazida ishlaydi. Shifokorning jamoasi «kuzgi» bolalarda bunday xastaliklarga moyillik kuchli bo‘lishini aniqlashdi. Ularni ko‘pincha atopik marsh — allergik reaksiyalar qo‘zg‘ab, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar buni bakterial muhit bilan izohlashmoqda.
Olimlarning fikricha, allergiya go‘daklikda, bolaning quruq va yorilgan terisi orqali allergenlar o‘tadigan paytlarda paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda olimlar kuzda bolalarning terisi qanchalik himoyalanganini tekshirishmoqda.
«Agar erta yoshda, ya’ni tug‘ilgan zahoti vaziyatga aralashadigan bo‘lsak, atopik marsh rivojlanishini to‘xtatib qolishimizga yordam beradi», — deb tushuntiradi doktor Jessika. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi