Buxoro viloyatida 239 o‘qituvchida koronavirus aniqlangan. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aytilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi 28 053 o‘qituvchi va texnik xodimlarning 18 831 nafaridan (67,1 foizi) test olingan. Ulardan 239 nafarida koronavirus aniqlangan.
Jumladan:
Buxoro shahrida 3 259 nafardan 46 nafarida;
Kogon shahrida 666 nafardan 11 nafarida;
Olot tumanida 1 237 nafardan 23 nafarida;
Buxoro tumanida 1 843 nafardan 22 nafarida;
Vobkent tumanida 1 903 nafardan 33 nafarida;
Qorako‘l tumanida 1 575 nafardan 20 nafarida;
Peshko‘ tumanida 855 nafardan 29 nafarida;
Romitan tumanida 1 860 nafardan 15 nafarida;
Kogon tumanida 9 055 nafardan 9 nafarida;
G‘ijduvon tumanida 2 608 nafardan 10 nafarida;
Qorovulbozor tumanida 385 nafardan 7 nafarida;
Jondor tumanida 857 nafardan 8 nafarida;
Shofirkon tumanida 828 nafar o‘qituvchidan 5 nafarida koronavirus aniqlangan.
Oldinroq Samarqandda 137 nafar, Andijonda 52 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring