09:13 / 14.09.2020
3 362

Qora va rangli metall parchalarini sotib olish va qayta ishlash bo‘yicha monopoliya bekor qilinadi

Qora va rangli metall parchalarini sotib olish va qayta ishlash bo‘yicha monopoliya bekor qilinadi
O‘zbekistonda qora va rangli metallarning parchalari, chiqindilarni sotib olish va ularni qayta ishlash bo‘yicha monopoliya tartibi bekor qilinadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.

Qayd etilishicha, metallurgiya va geologiya sanoatida kon-transport kompleksini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish orqali «Yoshlik-I» konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish va qimmatli komponentlarni ajratib olib tovar mahsulotiga aylantirish imkonini beruvchi, birlamchi ishlab chiqarish va boyitishda, shuningdek, ikkilamchi texnogen xomashyodan yo‘ldosh metallarni ajratib oluvchi yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Mineral-xom ashyo (kamyob elementlar, volfram, molibden, qalay, nikel kabi) konlarida (shu jumladan, kam tonnali) tadqiqot ishlarini olib borish, kompleks qayta ishlash bo‘yicha yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va ushbu metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni tashkil etish hamda kukunli metallar va rangli metallarni qayta ishlash, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan buyumlar va undan navli prokat ishlab chiqarish uchun ustuvor texnologiyalarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Mineral gidroresurslar (plast suvlar, minerallashgan suv)ni sanoat ishlab chiqarishga jalb etish uchun kamyob metallardan tuzlarni ajratib olish bo‘yicha ixtisoslashgan ishlab chiqarish (korxona) yaratiladi, rangli metallarga asoslangan holda yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar ulushi ichki bozordagi talabning umumiy hajmidan kelib chiqib oshiriladi, yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun davlat-xususiy sherikchilik mexanizmidan foydalangan holda yangi ob’ektlar qurilishini moliyalashtirish tashkil etiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining kichik quyuv sexlarini yaratish loyihalarini amalga oshirishda ishtirokini cheklaydigan qora va rangli metallarning parchalari, chiqindilarni sotib olish va ularni qayta ishlash bo‘yicha monopoliya tartibini bekor qilish ham rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2021 yilda 40 foizga yetkazish, bozorbop noruda qazilmalarni (kvars qumi, dolomit, pardozbop toshlar, bazalt, grafit va boshqalar) izlash ulushini keskin oshirish, geologik hisobotlarni raqamli formatga o‘tkazish hamda jahon talablariga mos elektron ma’lumotlar bazasini yaratish ko‘zlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qora va rangli metall parchalarini sotib olish va qayta ishlash bo‘yicha monopoliya bekor qilinadi