10:02 / 14.09.2020
4 189

Bugun biryo‘la olti hududda yangi bemorlar qayd qilindi

Bugun biryo‘la olti hududda yangi bemorlar qayd qilindi
2020 yil 14 sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 620 (+197) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 144 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 44 002 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatimizda 3 224 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun biryo‘la olti hududda yangi bemorlar qayd qilindi