20:25 / 14.09.2020
2 307

Qarzdorning “Lacetti” avtomashinasi topildi

Qarzdorning “Lacetti” avtomashinasi topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 15.02.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar “RUSNUR” MCHJ, R.Xoliqov va R.Quryazovlardan solidar tartibda undiruvchi “Turonbank” filiali foydasiga jami 145.434.000 so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan qarzdor R.Quryazovga tegishli “Lasetti” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 14.04.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida R.Quryazovga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan 08.05.2019 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi saqlanib turgan joyi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida “Turonbank” filialiga olib borilishi ta’minlangan.

Hozirda, Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorligini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning “Lacetti” avtomashinasi topildi