17:30 / 16.09.2020
2 217

DXX yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini musodara qildi

DXX yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini musodara qildi
DXX xodimlarining Farg‘ona viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Andijon shahrida joylashgan «Vitamin Expert» MCHJ ish yurituvchisi «M.M.» Farg‘ona shahrida 1120 dona «Lirika» va 110 dona «Tropikamid» dori vositalarini 28 mln. 350 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

«M.M.» mazkur dori preparatlarini Andijon viloyati Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog‘ida yashovchi «D.A.»dan olganligi ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir Andijon viloyatida davom ettirilib, «M.M.»dan sotilgan tovar uchun 20 mln so‘m olgan vaqtida «D.A.» ham ushlandi.

Aniqlanishicha, «D.A.» ushbu kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatida yashovchi «Shoxjaxon» ismli shaxsdan sotib olib, Paxtaobod tumanidagi aylanma yo‘llar orqali mamlakatimiz hududiga olib kirgan.

Shuningdek, Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbir davomida Rishton tumanida yashovchi «M.S.» «Farg‘ona-Toshkent» yo‘nalishidagi avtoturargoh yonida 808 dona «Tropikamid» dori vositasini 60 mln. 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Oltiariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa «Yu.S.» va «X.O.»lar Qirg‘izistondan keltirilgan 5600 dona «Lirika» dori vositasini 100 mln. so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ushlandi.

Bundan tashqari, Quva tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham 2240 dona «Lirika» kapsulasini 3000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida mahalliy fuqarolar «Ya.Ya.», «A.M.» va «A.S.»lar ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, bunday kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining asosiy iste’mol bozori sifatida ko‘riladigan Toshkent shahrida DXX, IIV va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlarining hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida Namangan viloyatida yashovchi «Yu.O.», «O.O.» va «J.O.»lar qo‘lga olindi. Ulardan Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda olib kelingan 15 ming donadan ziyod «Regapen» kapsulalari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 8960 dona «Lirika», 15022 dona «Regapen» va 918 dona «Tropikamid» dori vositalari musodara qilindi.
Holatlar bo‘yicha JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini musodara qildi