19:40 / 16.09.2020
2 757

Bu yilgi kontrakt miqdorlari chegirmadan keyin qancha miqdorda bo‘ladi?

Bu yilgi kontrakt miqdorlari chegirmadan keyin qancha miqdorda bo‘ladi?
Pandemiya davrida aholi daromadining pasaygani tufayli talabalarga yengillik sifatida bu yilgi kontrakt to‘lovlari kunduzgi shaklda o‘qiydigan talabalar uchun 10 foizga kamaytirilishi e’lon qilingan edi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu chegirma qo‘llanilishi natijasida stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt qancha miqdorni tashkil etishini hisobladi.

Quyidagi soha va yo‘nalishlar uchun stipendiyasiz kontrakt miqdori 8 mln 828 ming so‘m, stipendiyali kontrakt miqdori 13 mln 964 ming so‘mni tashkil etadi:
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Jahon siyosati;
- Huquq.

Quyidagi soha va yo‘nalishlar uchun stipendiyasiz kontrakt miqdori 8 mln 216 ming so‘m, stipendiyali kontrakt miqdori 13 mln 352 ming so‘mni tashkil etadi:
- Sog‘liqni saqlash;
- Iqtisod;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment.

Quyidagi soha va yo‘nalishlar uchun stipendiyasiz kontrakt miqdori 6 mln 994 ming so‘m, stipendiyali kontrakt miqdori 12 mln 130 ming so‘mni tashkil etadi:
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish;
- San’at.

Quyidagi soha va yo‘nalishlar uchun stipendiyasiz kontrakt miqdori 6 mln 382 ming so‘m, stipendiyali kontrakt miqdori 11 mln 518 ming so‘mni tashkil etadi:
- Arxitektura va qurilish;
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
- Xizmat ko‘rsatish sohasi;
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Quyidagi soha va yo‘nalishlar uchun stipendiyasiz kontrakt miqdori 5 mln 771 ming so‘m, stipendiyali kontrakt miqdori 10 mln 907 ming so‘mni tashkil etadi:
- Transport;
- Atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi;
- Gumanitar fanlar;
- Jurnalistika va axborot;
- Ijtimoiy ta’minot;
- Qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi;
- O‘rmon xo‘jaligi;
- Baliq xo‘jaligi;
- Veterinariya;
- Irrigatsiya va melioratsiya;
- Matematika, amaliy matematika va informatika;
- Tabiiy fanlar;
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
- Pedagogika, kasbiy ta’lim;
- Sotsiologiya;
- Psixologiya;
- Sport faoliyati.
Chegirmadan so‘ng, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hisobga olmaganda, davlat OTMlarida stipendiyasiz eng arzon konrakt 5 mln 771 ming so‘mni, eng qimmat kontrakt esa 8 mln 828 ming so‘mni tashkil etmoqda. Stipendiyali eng arzon konrakt esa 10 mln 907 ming so‘mni, eng qimmat kontrakt 13 mln 964 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2020/21 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘lov-kontrakt miqdori stipendiyasiz o‘qitishda 15 mln 584 ming so‘m, stipendiyali o‘qitishda esa 20 mln 720 so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha qilish joiz, yuqoridagi raqamlar rasmiy miqdor emas, bu miqdorlar jamoatchilikka avval e’lon qilingan kontrakt summalaridan kelib chiqib hisoblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yilgi kontrakt miqdorlari chegirmadan keyin qancha miqdorda bo‘ladi?