23:09 / 16.09.2020
1 812

Jo‘natmalardagi giyohvandlik vositalari manzilga yetib bormadi

Jo‘natmalardagi giyohvandlik vositalari manzilga yetib bormadi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, xususan giyohvandlik o‘simliklari va ularning urug‘larini xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositalarini pochta orqali jo‘natish holatlari hali hanuz uchrab turibdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida fuqaro S.U. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, pochta jo‘natmasida 11 dona kannabis o‘simligi urug‘lari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, mazkur postning o‘zida fuqaro D.V. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, pochta jo‘natmasining ichida 2 ta bo‘lakda 4 dona tarkibida “Metilfenidat” giyohvandlik vositasi bo‘lgan “Ritaline 10 mg” yozuvli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jo‘natmalardagi giyohvandlik vositalari manzilga yetib bormadi