17:07 / 16.09.2020
2 052

“Lasetti”dagi 400 million so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari manzilga yetib bormadi

“Lasetti”dagi 400 million so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari manzilga yetib bormadi
Sifati kafolatlanmagan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yurtimizga noqonuniy tarzda olib kirish, saqlash, tarqatish va ularning yashirin muomalasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tezkor tadbir davomida, fuqaro E.D boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina salonida umumiy qiymati 400 million so‘mlik tarkibida “Pregabalin” nomli kuchli ta’sir etuvchi moddasi bo‘lgan 11 200 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lasetti”dagi 400 million so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari manzilga yetib bormadi