22:33 / 16.09.2020
1 507

Korxona ixtiyoriy muddatda 872,1 mln. so‘mlik qarzdorlikni to‘ladi

Korxona ixtiyoriy muddatda 872,1 mln. so‘mlik qarzdorlikni to‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 09.07.2020 yildagi qaroriga asosan qarzdor “NЕFTGAZMONTAJ” jamiyatidan 872 mln. 121 ming 389 so‘m miqdoridagi soliq qarzini budjetga undirish bo‘yicha ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limiga 19.08.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Qonuning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, qarzdor korxonaga qonunda belgilangan muddat tayinlangan.

Qarzdor korxona MIB tuman bo‘limi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda ushbu qarzdorlik to‘langanligi haqida Soliq qo‘mitasi tomonidan ma’lumotnoma taqdim qilingan va ushbu ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxona ixtiyoriy muddatda 872,1 mln. so‘mlik qarzdorlikni to‘ladi