18:10 / 17.09.2020
1 975

Sud qarorlari muhokama qilinmaydi, balki ijrosi ta’minlanadi

Sud qarorlari muhokama qilinmaydi, balki ijrosi ta’minlanadi
Joriy yilning 17 sentabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “Uch bola otasi, onasi va MIB o‘rtasida sarson bo‘lmoqda. MIB ularni majburlab 2 marta onasiga olib berdi” nomli video xabar joylashtirildi.

Mazkur xabarda, da’vogar M.Fayziyeva foydasiga 3 nafar farzandlarini otasi Z.Mirzayevlarning qaramog‘idan olib berish bo‘yicha ijro harakatlari davrida farzandlarning kuch va ruhiy bosim bilan olib berilganligi ma’lum qilingan.
Xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari buyicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2019 yil 14 fevraldagi ijro xujjatiga asosan javobgarlar Mirzayev Zoir Turaqulovich va Berdiyeva Tilovatlarning qaramog‘ida bo‘lgan 19.08.2009 yilda tug‘ilgan Turaqulov Asilbek Zoir o‘g‘li, 24.07.2011 yilda tug‘ilgan Turaqulova Aziza Zoir qizi va 24.06.2015 yilda tug‘ilgan Turaqulov Asadbek Zoir o‘g‘li ismli bolalar da’vogar Fayziyeva Muxabbat Xayrullo qizining qaramog‘iga majburiy tartibda olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 22.02.2019 yilda kelib tushgan hamda ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davrida 28.02.2019 yilda 3 nafar farzand nisbatan mahalliy qidiruv e’lon qilingan va keyinchalik, 04.03.2019 yilda da’vogar M.Fayziyevaga 3 nafar farzandlari tilxat asosida majburiy tartibda olib berilgan va amalda ijro harakatlari tamomlangan.

Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari buyicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2020 yil 19 maydagi ijro xujjatiga asosan javobgar Mirzayev Zoirning qaramog‘ida bo‘lgan 3 nafar farzandlarni da’vogar farzandlarning onasi M.Fayziyevaning qaramog‘iga majburiy tartibda olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 06.07.2020 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Joriy yilning 2020 yil 09 sentabr kuni da’vogar Fayziyeva Muxabbatga uch nafar farzandi ya’ni 19.08.2009 yilda tug‘ilgan Turaqulov Asilbek Zoir o‘g‘li, 24.07.2011 yilda tug‘ilgan Turaqulova Aziza Zoir qizi va 24.06.2015 yilda tug‘ilgan Turaqulov Asadbek Zoir o‘g‘li ismli bolalar javobgar Mirzayev Zoirning qaramog‘idan tilxat asosida majburiy tartibda olib berilgan va amalda ijro hujjati tamomlangan.

Ma’lumot uchun: 09.09.2020 yildagi olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilmagan, tomonlar o‘rtasida nizoli vaziyat kelib chiqishining oldini olish uchun tuman Yakkabog‘ tuman Vasiylik va homiylik organi vakillari, mahalla faollari va Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarorlari muhokama qilinmaydi, balki ijrosi ta’minlanadi