07:43 / 18.09.2020
549

1 oktabrdan xorijlik sayyohlarning O‘zbekistonga guruh bo‘lib kelishi qo‘llab-quvvatlanadi

1 oktabrdan xorijlik sayyohlarning O‘zbekistonga guruh bo‘lib kelishi qo‘llab-quvvatlanadi
Respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishiga ruxsat berilayotganligi munosabati bilan xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi.

Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib kelish bilan bog‘liq yengilliklar taqdim etilmoqda.

O‘zbekistonga xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan turistlarni olib kelish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan turistik firmalar ular tomonidan mamlakatimizga turistik guruh (5 kishidan kam va 15 kishidan ortiq bo‘lmagan va turli kasalliklar, jumladan, Covid-19 qamrab oladigan to‘liq sug‘urtasi bo‘lishi sharti bilan) sifatida tashkil etilayotgan turizm sayohatlarini amalga oshirishdan avval turistlarni PZR test tekshiruvidan o‘tkazilishini ta’minlashi lozim.

Bunda PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlarga nisbatan 14 kunlik karantinda saqlash bo‘yicha cheklov qo‘llanilmaydi, ular O‘zbekistonga kirishda koronavirusga tekshirilmaydi.

Turist O‘zbekistonga kirib kelgan vaqtda unda koronavirus alomatlari bo‘lsa, u o‘tkazish punktida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tishi lozim.

Test musbat chiqsa, sayyoh o‘z hisobidan karantinga olinib, davolanishdan o‘tadi yoki o‘z mamlakatiga qaytadi.
Xorijiy turistlar O‘zbekistonda mavjud karantin cheklovlari va sanitariya talablariga qat’iy rioya etgan holda harakatlanishlari lozim.
Bu boradagi talablar bajarilishi turistik firmalar zimmasiga yuklatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)