09:00 / 18.09.2020
3 241

Mutaxassislar koronavirusdan asraydigan oddiy buyumni topishdi

Mutaxassislar koronavirusdan asraydigan oddiy buyumni topishdi
Xitoylik olimlar tadqiqot o‘tkazishib, ko‘zoynak taquvchi odamlarda koronavirus yuqtirish ehtimoli ancha past ekanligini aniqlashdi. Bu haqda «JAMA Ophthalmology» jurnali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tadqiqotni Nanchan universitetining Ikkinchi klinik shifoxonasi xodimlari olib borishgan. Olimlar koronavirus birinchi bo‘lib egallaydigan ACE-2 retseptorlari aynan ko‘zda joylashganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ko‘zoynak taqish ko‘ruv a’zolarini COVID-19 qo‘zg‘atuvchilarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan himoya qiladi va shu yo‘l bilan virusni yuqtirish ehtimolini bir necha baravar kamaytiradi.

Tajriba chog‘ida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 276 nafar bemor tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ulardan 30 (10,9%) nafari ko‘zoynak taqadi. Shu bilan birga, bemorlardan hech qaysisi kontakt linzadan foydalanmagan va ko‘rish qobiliyatini tuzatish bilan shug‘ullanmagan. 16 kishi (5,8%) kuniga sakkiz soatdan ortiq ko‘zoynak taqishgan. Tadqiqotchilar, shuningdek, Xubey provinsiyasida 7 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi va talabalar orasida bir necha o‘n yillar davomida yig‘ilib kelgan ma’lumotlarni o‘rganishdi. Ular orasida 31,5 foizi ko‘zoynak taqadi. Maqola chop etilgan paytda ular 42 — 57 yoshni qarshilib bo‘lishgandi. Bu tekshirilgan koronavirus bemorlarining o‘rtacha yoshiga yaqin.

Olimlar COVID-19 bemorlari orasida ko‘zoynak taquvchilar umumiy aholiga nisbatan 5,4 baravar kam uchraganini hisoblab chiqishdi.

«Biz shunday xulosaga keldik: uzoq vaqtdan beri har kuni ko‘zoynak taquvchilar orasida koronavirus bemorlari nisbatan kam uchraydi. Bu ko‘zoynakli odamlarning infeksiyani kamroq yuqtirishidan dalolat beradi», — deyiladi maqoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)