19:30 / 18.09.2020
2 119

Nikoh davrida orttirgan mol-mulkdan salkam 30 mln. kompensatsiya undirib berildi

Nikoh davrida orttirgan mol-mulkdan salkam 30 mln. kompensatsiya undirib berildi
Nikoh masalasi nozik masala. Rishtalar bog‘langandan so‘ng uni saqlab qolish va mustahkamlash har ikkala tarafga birdek bog‘liq. Ammo turli sabablarga ko‘ra bu rishtani saqlab qolish imkonsiz bo‘lishi mumkin. Bahodirovlar oilasida ham shunday bo‘ldi.

3 farzandni ulg‘aytirish yolg‘iz onaning zimmasida qolgach, ona sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining qaroriga asosan qarzdor H.Bahodirovdan undiruvchi F.Qiyomovaning foydasiga nikoh davrida orttirgan DAMAS avtomashinasi va bir bosh sigir hisobidan kompensatsiya puli undirish belgilandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra bu pul 29 mln 750 mingni tashkil qilgan.

Ijro hujjatiga asosan Byuroning Kitob tuman bo‘limi davlat ijrochilarining sa’y harakatlari bilan kompensatsiya pullari to‘liq undirilib, undiruvchiga tilxat asosida topshirildi. Shuningdek, qarzdor H.Bahodirov bugungi kunda 3 nafar farzandlari uchun ham aliment pullarini to‘lab kelmoqda.

Abror Boboyev
MIB Kitob tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nikoh davrida orttirgan mol-mulkdan salkam 30 mln. kompensatsiya undirib berildi