12:02 / 19.09.2020
1 766

Yurtimiz bo‘ylab sudlarning ommaviy sayyor qabullari tashkil etilmoqda

Yurtimiz bo‘ylab sudlarning ommaviy sayyor qabullari tashkil etilmoqda
Yurtimiz bo‘ylab sudlarning ommaviy sayyor qabullari odatiy tus oldi. Bunda Oliy sud raisidan tortib, uning o‘rinbosarlari, joylardagi raislargacha barcha birdek faol va muntazam ishtirok etmoqda.

Ushbu harakatlar chekka chekka hududlarni ayniqsa qishloq, ovullarni qamrab olganini alohida aytib joizdir. 2020 yil 17 sentabr kuni Konimex tuman “Sho‘rtepa” MFY binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahorov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi raisi v.v.b A.Xamroyev, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.v.b Sh.Xamidovlar tomonidan tashkil qilingan sayyor qabulda 4 nafar jazo o‘tayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Shuningdek, 10 nafar fuqarolarga iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik sudi sohasi bo‘yicha o‘zlarining murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan barcha sohalar kabi, sud-huquq sohasida ham izchillik bilan islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Odamlarni qiynayotgan muammolar yechimi hamjihatlikda izlanmoqda va eng maqbul choralar topilmoqda.

Qolaversa, sayyor qabullarda targ‘ibot va tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratilishi hamda aholi bilan yuzma-yuz uchrashuv va ochiq muloqotlar, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda joylardagi fuqarolarning huquqiy bilim saviyasini oshirishda turtki bo‘lmoqda. Ana shunday ezgu sa’y-harakatlar jinoiy qilmishlar kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Konimex tuman sudi raisi
F.Qahorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurtimiz bo‘ylab sudlarning ommaviy sayyor qabullari tashkil etilmoqda