19:00 / 19.09.2020
2 200

Qarz uchun qora “tulpor” xatlandi

Qarz uchun qora “tulpor” xatlandi
Qorako‘l tumanida yashovchi B.Baxramov o‘zaro kelishuvga asosan mahalladoshi M.Botirovga 15 mln. 405 ming so‘m qarz berdi. Muddati o‘rganidan so‘ng, B.Baxamrovning M.Bobirovga qarzini qaytarishi uchun urinishlari zoye ketdi va axiri fuqarolik sudiga murojaat qildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudi tomonidan 23.07.2020 yilda M.Bobirovdan B.Baxramov foydasiga 15 mln. 405 ming so‘m qarzni undirish to‘g‘risida qaror chiqarilib, ijro uchun Byuroning Qorako‘l tumani bo‘limiga yuborildi.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor M.Botirovga berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan, ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun unga tegishli “Lacetti” avtomashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Hozirda avtomashinani baholash va auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz uchun qora “tulpor” xatlandi